Sahifa yuklanmoqda . . .


Jamoling vasfini qildim chamanda...

Jamoling vasfini qildim chamanda,

Qizordi gul uyottin anjumanda.

 

Tamanno qilg'ali la'lingni ko'nglum,

Kishi bilmas anikim, qoldi qanda.

 

Chu jonimdin aziz jonona sensen,

Kerakmas jon manga sensiz badanda.

 

Manga ul dunyoda jannat ne hojat,

Eshiking tuprog'i basdur kafanda.

 

Solib borma meni, ey Yusufi husn,

Bu kun Ya'qubtek bayt ul-hazanda.

 

Uzun sochingdin uzmasmen ko'ngulni,

Oyog'ing qayda bo'lsa, boshim anda.

 

Tilar el mansabi oliy, valekin

Atoyi sarvi ozodinga banda.


Ushbu voqeaband g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
02-Yanvarda yuklangan

152 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
jamol vasf chaman gul anjuman tamanno la'l ko'ngul kishi jon jonona badan dunyo jannat hojat eshik tuproq kafan yusuf husn ya'qub bayt ul-hazan soch oyoq bosh mansab oliy sarv ozod banda
Muallif
Atoyi

Atoyi

O’n beshinchi asrning mashhur shoirlaridan, Alisher Navoiygacha bo’lgan o’zbek adabiyotining iste’dodli vakillaridan biri Atoyidir. Uning she’rlari o’z davrida Movarounnahr hamda Xurosonda shuhrat topganligi ma’lum. Buyuk Navoiy «Majolis un-nafois» («Nafis majlislar») kitobida uning she’rlariga yuqori baho bergan. Atoyi o’z she’rlarida nozik xayol, sinchkov nigoh, baland did egasi ekanligini namoyish etadi. Go’zal, esda qoladigan o’xshatishlar, kutilmagan mubolag’ali tasvirlar yaratadi.

Batafsil


Yangi Voqeaband g'azallar Atoyi Voqeaband g'azallari Atoyi asarlari