Sahifa yuklanmoqda . . .


Jahonda kamsuxan kim bo‘ldi...

Jahonda kamsuxan kim bo‘ldi, asrori nihon bo‘ldi,

Kimiki so‘zladi ko‘p, bilki rasvoyi jahon bo‘ldi.

 

Nazokat ortturay desang, misoli g‘uncha xomush bo‘l,

Nadinkim og‘zini to ochdi gul, bargi xazon bo‘ldi.

 

Chamanda arg’uvondek surat aro bo‘lmag’in xo‘b yo‘q,

Pisharda mevasiz sharmandadur, sirri ayon bo‘ldi.

 

Dema mashhur bo‘lmoq yaxshi, bug’doy donasi pinhon,

Daraxti qildi javlon, sarg‘ayib oxir samon bo‘ldi.

 

Birodar, ol meni(ng) pandimni, o‘z qadringni sindirma,

Kishi o‘z izzatini bilmadi, oxir yomon bo‘ldi.

 

Agar izzat talabsan kamnamolig’ orzusin qil,

Qayu ajnos bisyor o‘lsa sudi yo‘q, ziyon bo‘ldi.

 

Sadaflar ko‘p og’iz ochmak bilan ko’ksi bo‘lur xoli,

Ki ba’zisi labin kam vo qilib durri yagon bo‘ldi.

 

E Zavqiy xasta, og‘zing kam ochib, ibrat ko‘zing ochg’il,

Ajabkim, qo‘l yaqoda yurgudek turfa zamon bo‘ldi.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 11-Yanvarda yuklangan

234 marta ko'rildi

5 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
jahon suxan asror nihon so'z rasvo nazokat g'uncha gul xazon chaman surat meva sir bug'doy dona daraxt somon birodar pand qadr kishi izzat talab orzu sud ziyon sadaf og'iz lab dur zavqiy xasta ibrat ko'z ajab qo'l yaqo zamon
Muallif
Ubaydulla Zavqiy

Ubaydulla Zavqiy

(1853-1921) Ubaydulla Solih o‘g‘li Zavqiy mumtoz she’riyat an’analarini davom ettirgan iste’dodli shoir bo’lish bilan birga, yirik hajvchi shoir sifatida ham e’tirof etiladi. U bir qator asarlarida mustamlaka tuzumidagi ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, chor ma’muriyati himoyasida bo‘lgan ayrim nopok amaldorlarning kirdikorlarini fosh etadi, ijtimoiy hayotdagi ayrim nosozliklar, kishilar faoliyatidagi holatlar ustidan zaharxandalik bilan kuladi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Ubaydulla Zavqiy Yakpora g'azallari Ubaydulla Zavqiy asarlari