Sahifa yuklanmoqda . . .


Ishqing o‘tidin o‘rtanadur...

Ishqing o‘tidin o‘rtanadur joni nizorim,

ul navki, mash’al,

Xokistar o‘lub yelga borur gardi g‘uborim,

jismim bo‘lubon hal.

Boshingdin agar evrulubon o’psa ayoqing,

ko‘nglumga ajab yo‘q,

Bu martabaga yetkuradur oni nigorim,

gisuyi musalsal.

Dard ahli chekar har necha ojizroq o‘lub oh,

ta’siri fuzundur,

Sog‘inma agar past esa nola-vu zorim,

zinhorki, ashal.

Ey Sho‘x, meni solma inoyat nazaridin,

har hol ila bo‘lsam,

Sen-sen mening ummidim-u maqsudim-u yorim,

ham so‘ngra, ham avval.

La’ling mayi birla meni sarshori hayot et,

hayvon suyi yanglig

Kim, jonima qasd aylabon anduhi xumorim,

qildi meni mahtal.

Lu’luyi xushob o‘ldi tishing vasfini qilg’och,

har nuktaki surdum,

Hay-hay, na balo yaxshi xayol o‘ldi shiorim,

har fikrdin afzal.

Har yon yugurub dasht uza sargashtalik etsam,

man aylama zinhor,

Kim, keldi g‘aming olg‘ali orom-u qarorim,

bir oyati munza.

Erdim guli vasling bila shod o’ylaki bulbul,

hajr ayladi mahzun,

Ey voy, xazon mavsimig‘a fasli bahorim,

charx etti mubadda!

Ne o‘t edi husningdaki, kul bo‘ldi sarosar,

bo‘lg‘on anga nozir,

Qaysi ko‘ngul erkan anga, ey shu’la uzorim

bo‘lg’usi sijanjal?»

Behudadurur sarzanish etmak menga Munis,

rasvolig’ ishidin.

Odobi muhabbatda agar ketmasa orim,

bo‘lg‘aymuman akmal?


Ushbu mustazodni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
08-Yanvarda yuklangan

96 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ishq o't jon mash'al yel gard g'ubor jism bosh ayoq ko'ngul nigor dard ojiz oh ta'sir sog'inch nola zor zinhor sho'x inoyat umid maqsud yor la'l may hayot balo xayol vasl gul bulbul o't husn oyat xazon hajr charx bahor odob muhabbat munis
Muallif
Shermuhammad Munis

Shermuhammad Munis

(1778-1829) Shermuhammad Amir Avazmuhammad o‘g‘li MunisXorazmiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida dunyoga kelgan. U madaniyatimiz tarixida shoir, tarixchi, tarjimon, xattot va ma’rifatparvar shaxs sifatida nom qoldirgan. Xiva xoni Shermuhammadni saroyga farmonnavis kotib qilib tayinlaydi. Munis butun ongli faoliyati davomida ilm-fan, madaniyat va san’at kishilariga homiylik qiladi.

Batafsil


Yangi Mustazodlar Shermuhammad Munis Mustazodlari Shermuhammad Munis asarlari