Sahifa yuklanmoqda . . .


Hijron so'zi

«Maktab gulistoni» milliy she’rlari beshinchi juzidan

 

Tug’ulub o’sdim bu Vatanda,

Vatanim misli yo’q jahonda!

Tufrog’lari o’sumlikdur,

Manzarasi ko’rumlikdur.

Bir tarafda tog’lari bor,

Mevasi mo’l bog’lari bor.

Tog’laridan konlar chiqar,

Yerlaridan donlar chiqar.

Suvlaridur tamlu-totli,

Mevasi qandu nobotli.

Bog’laridur shirin-sharbat,

Anjir, uzum, anor, nashvat.

Daraxtlari o’sar firosh,

Falak uzra ko’tarub bosh.

Havosi o’ta yoqimlik,

Cho’llari bor toshlik, qumlik.

Toshkand emas, toshqand erur,

Kesaklari gulqand erur.

Ishlaganga xazinadir,

Dangasaga harinadur.

Kecha-kunduz faryod etub,

Ishlovchini yotur kutub.

O’tar kunlar, o’tar zamon,

Ey, Vatanim, bo’lma hijron!

Men ketsam-da, sen bo’l omon!

Omon Vatan, Vatan omon!


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 18-Yanvarda yuklangan

235 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
vatan hijron so'z jahon tuproq o'simlik manzara tog' meva bog' kon yer don suv qand sharbat anjir uzum anor nashvat daraxt falak bosh havo cho'l tosh qum ish kecha kunduz faryod kun zamon omon
Muallif
Abdulla Avloniy

Abdulla Avloniy

(1878-1934) O’zbek dramaturgiyasi va teatrining, yangicha maorifi va matbuotining asoschilaridan. «Hijron» taxallusi bilan she’rlar bitgan, bir qator yangicha darsliklar yozgan. Noshir, tarjimon, elchi, muallim. Serqirra ijodining barcha namunalari xalqni yuksak ma’rifat va ezgu amallarga chorlovchi g’oyalar bilan yo’g’rilgan.

Batafsil


Yangi Masnaviylar Abdulla Avloniy Masnaviylari Abdulla Avloniy asarlari