Sahifa yuklanmoqda . . .


"Har tilni biluv emdi bani odama jondur..."

Har tilni biluv emdi bani odama jondur,

Til vositai robitai olamiyondur.

 

G‘ayri tilini sa’y qiling bilgani, yoshlar,

Kim ilm-u hunarlar bilonki ondin ayondur.

 

Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,

Bilmakka oni g‘ayrat eting foida kondur.

 

Ilm-u fan uyig‘a yuboringlar bolangizni,

Onda o‘qug‘onlar bori yaktoyi zamondur.

 

Zor o‘lmasun onlar dog‘i til bilmay Avazdek,

Til bilmaganidan oni bag‘ri to‘la qondur.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 18-Yanvarda yuklangan

872 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
til odam jon vosita olam yosh ilm hunar ona tili g'ayrat foyda kon fan uy bola zamon avaz bag'ir qon
Muallif
Avaz O'tar

Avaz O'tar

(1884-1919) U o’zining xalqchillik, ma’rifatparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan jo’shqin ijodi bilan o’zbek xalqining sevikli shoirlaridan biri darajasiga ko’tarildi. O’zbek mumtoz she’riyati tarixida Muqimiy, Furqat, Zavqiy kabi yetuk zamondoshlari qatoridan o’rin oldi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Avaz O'tar Yakpora g'azallari Avaz O'tar asarlari