Sahifa yuklanmoqda . . .


"Fidoyi xalqim o’lsun tanda jonim..."

Fidoyi xalqim o’lsun tanda jonim,

Bo’lib qurbon anga ruhi ravonim.

 

Gar o’lsam darbadar mazlumlar uchun,

Budur maqsudi qalbi notavonim.

 

Mani solsa fano yo’liga davron,

Yurur ustimdin avlodi zamonim.

 

Umidim: yashasin maktab bolasi,

Alar har biri bir she’ri jayonim.

 

Na yaxshi o’ylakim, ma’qul-u manzur,

Avaz, xalqim uchun to’kulsa qonim.


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 18-Yanvarda yuklangan

331 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
fido xalq tan jon qurbon ruh ravon mazlum darbadar qalb fano yo'l davron avlod zamon umid maktab bola she'r avaz qon ma'qullik
Muallif
Avaz O'tar

Avaz O'tar

(1884-1919) U o’zining xalqchillik, ma’rifatparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan jo’shqin ijodi bilan o’zbek xalqining sevikli shoirlaridan biri darajasiga ko’tarildi. O’zbek mumtoz she’riyati tarixida Muqimiy, Furqat, Zavqiy kabi yetuk zamondoshlari qatoridan o’rin oldi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Avaz O'tar Yakpora g'azallari Avaz O'tar asarlari