Sahifa yuklanmoqda . . .


Ey, Sho‘x, ko‘z-u qoshinga olam gado, man ham gado...

Ey, Sho‘x, ko‘z-u qoshinga olam gado, man ham gado,

La’li labi durposhinga olam gado, man ham gado.

 

Gohi qapog’ing jon olur, gohi qoshing yag’mo solur,

Bo’yla qapog’-u qoshinga olam gado, man ham gado.

 

Qadd-u labing fosh-u nihon, eldin olur tob-u tavon,

Ushbu nihon-u foshinga olam gado, man ham gado.

 

Boshdin ayoqing jon erur, jonlar sanga qurbon erur,

Jono, ayoq-u boshinga olam gado, man ham gado.

 

Har necha otsang o’q-u tosh, aylab g‘azab olamg‘a fosh,

Bo‘lg’usi o’q-u toshinga olam gado, man ham gado.

 

Jonlarda fikri surating, ko‘zlarda naqshi qomating

Suratgar-u naqqoshinga olam gado, man ham gado.

 

O‘n to‘rtdin yoshing o‘tub, husning jahonni yorutub,

Bu husning-u bu yoshinga olam gado, man ham gado.

 

Davlat sanga yo‘ldosh erur, lutfi xudo qo‘ldosh erur,

Yo‘ldoshing-u qo‘ldoshinga olam gado, man ham gado.

 

Oh-u yoshingga, Ogahiy, rahm etti ul xo‘blar shahi,

Ta’siri oh-u yoshinga olam gado, man ham gado.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 09-Yanvarda yuklangan

728 marta ko'rildi

4 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
sho'x ko'z qosh ola gado la'li lab jon qad fosh nihon el bosh ayoq qurbon jono o'q tosh g'azab fikr surat naqsh qomat suratgar naqqosh yosh husn jahon davlat yo'ldosh lutf qo'ldosh oh ogahiy rahm ta'sir
Muallif
Muhammad Rizo Ogahiy

Muhammad Rizo Ogahiy

(1809-1874) Alisher Navoiydan keyin o’zbek adabiyoti tarixida ijodining ko’lamdorligi jihatidan birorta adib Ogahiy bilan bellasholmaydi. U yigirma ming misradan ortiqroq she’rlar, olti tarixiy asar, o’n to’qqiz tarjima asari qoldirgan. Uning «Ta’viz ul-oshiqin» («Oshiqlar tumori») devoni mashhurdir. Devonga o‘zbekcha she’rlar bilan birga fors-tojik tilida yaratilgan asarlari ham kiritilgan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Muhammad Rizo Ogahiy Yakpora g'azallari Muhammad Rizo Ogahiy asarlari