Sahifa yuklanmoqda . . .


Ey ko’ngul, dilbar xayoli chunki hamdamdur sanga...

Ey ko’ngul, dilbar xayoli chunki hamdamdur sanga,

Vodiyi hijron ichinda o’zga ne g’amdur sanga.

 

Alhaq ushbu lutfi xulq-u husni istig’no bila,

Kishvari ko’rk ichra sultonlig musallamdur sanga.

 

Ul ko’zi o’tluqni sevdung o’z hadingni bilmayin,

Ishq o’ti har necha kuydursa, hanuz kamdur sanga.

 

Qon yutarmen rashk elindin har kecha tongg’a degin

Kim, nechuk bodi sabo hamroz-u hamdamdur sanga.

 

Ayb emastur gar parishonsen dog’i oshuftahol,

Ey Gado, chun orzuyi zulfi purxamdur sanga.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 02-Yanvarda yuklangan

95 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ko'ngul dilbar xayol hamdam vodiy hijron g'am lutf xulq husn istig'no kishvar ko'rk sulton ko'z o't had ishq qon rashk el kecha tong bod sabo hamroz ayb parishon oshuftahol gado orzu zulf
Muallif
Gadoiy

Gadoiy

Gadoiyning nomi hozircha ma’lum emas. Bu adib haqidagi tarixiy-adabiy ma’lumotlar ham oz. Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» hamda «Mahbub ul-qulub» asarlarida Gadoiy haqida ayrim qaydlar uchraydi. Faxri Hirotiyning «Radoyif ul-ash’or» nomli tazkirasida Gadoiyning fors-tojik tilida yaratilgan g’azali mavjud. Bu holat adibning ikki tilda ijod etgani zullisonayn shoir bo’lgani haqida ma’lumot beradi. Bu bilan u «Muhabbatnoma» muallifi Xorazmiy an’analarini davom ettirgandir. Alisher Navoiy Gadoiy ijodiga yuqori baho beradi. Uni turkigo’y adiblar orasida alohida hurmat va e’tiborga sazovorligini uqtiradi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Gadoiy Yakpora g'azallari Gadoiy asarlari