Sahifa yuklanmoqda . . .


Dunyo

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Bir kimsa umrining soʻngiga qadar,
Yigʻdi mol-u dunyo, yigʻdi siym-u zar.
 

Uni qiziqtirdi na doʻstning holi,
Va na qoʻshnisining oʻksik ahvoli.
 

U chindan mol-mulkning jilovin tutdi,
Faqat nafs ortidan ot surib oʻtdi.
 

Bir kuni ba hukmi taqdiri azal,
Shamshirin koʻtarib keldi-ku ajal.
 

Endi na siym-u zar qutqara olur,
Na billur, na gavhar qutqara olur.
 

Rozi yo norizo - farqi yoʻq mutloq,
Bunday choq chorasiz hatto doʻst-oʻrtoq.
 

Beshafqat ajalga berar ekan tan,
U dedi: «Shu ekan, dunyo shu ekan».
 

Marhumga marhumlik koʻrilgay loyiq,
Uni qabristonga eltdi xaloyiq.
 

Uyum tuproq boʻldi quvonchi-gʻami,
Kimdir boqib dedi: «Shunga shunchami»...


Online dars - zoom, google meet orqali


Erkinjon
17/04/2017
Zo'r!
Ma'lumot
2017, 08-Martda yuklangan

437 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Abdulla Oripov o'qidi


Tayanch tushunchalar:
dunyo kimsa umr mol siym zar do'st hol qo'shni o'ksik ahvol chin jilov nafs ot taqdir azal hukm shamshir ajal billur gavhar rozilik chora o'rtoq shafqat marhumlik qabr qabriston xaloyiq uyum tuproq quvonch g'am
Muallif
Abdulla Oripov

Abdulla Oripov

O’zbek she’riyatining yorqin, betakror siymosi. O’ziga xos uslub, she’riy ovoz sohibi. Lirik qahramoni dunyoning sir-sinoatiga oshufta va undan hikmat izlovchi, komillik va ezgulik tantanasiga jo’shqin qalb shijoati bilan intiluvchi serfazilat inson. Dramatik dostonlari, jahon adabiyoti durdonalaridan qilgan tarjimalari ham mashhur.

Batafsil


Yangi She'rlar Abdulla Oripov She'rlari Abdulla Oripov asarlari