Sahifa yuklanmoqda . . .


Bola edim tasavvuri keng...

Bola edim tasavvuri keng,
Qo’shni edim shodlig-u baxtga.
Gul-u maysa, bulutlar qolib,
O’xshatardim o’zim daraxtga.

O’sdim, menga yo’l ochdi hayot,
Kamayardi ranglar tobora.
Vaqt notasin o’zgartirgan so’ng
Umr kuyi g’alat jaranglar.

Oq-u qora kunlar ichida
Taqdir meni duch etdi senga.
Hayot shuncha go’zal ekan-u
Shu paytgacha sezmabman nega?

Soatdagi milga osilib
Yuragimda kezardi hadik.
E’tiqodda sobit odamga
Sinov bormi-og’ir shunchalik?

Yuragingda qancha toqat bor-
Sabrxaltang liq to’la hisga.
Endi biroz chalg’i yumushdan,
Tabassumni ilib yur yuzga.

Ketmoqlikka yo’q zarra imkon,
Ildizlarim chuqurlab ketgan.
Jaziraga yetmasdan turib
Bir savolim bor edi senga:

Ne uchundir isimoqda dil,
Yo’lim uzoqdayinmi baxtga.
Qaysi ko’zing bilan qaraysan
Uzoqlarda qolgan daraxtga?..


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 20-Aprelda yuklangan

37 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
bola tasavvur qo'shni shodlik baxt gul maysa bulut daraxt yo'l hayot rang vaqt nota umr kuy kun taqdir go'zal soat mil yurak hadik e'tiqod odam sinov toqat sabr xalta his yumush tabassum yuz imkon ildiz jazira savol dil ko'z
Muallif
Saodat Fayziyeva

Saodat Fayziyeva

Saodat Fayzieva 1992-yil 11-iyulda Buxoro viloyati Olot tumanida tug’ilgan. Qalbida ilmga qiziqish erta uyg'ongan bo'lajak shoira tumandagi fizika-matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan 31-IBMIga o'qishga kiradi. U 2009-yilda ushbu dargohni a'lo baholar bilan tamomlab, O’zbekiston Milliy universitetining o’zbek filologiyasi fakultetida tahsilni davom ettiradi va bu yerda ko'plab ustozlardan adabiyotning nozik sir-u asrorlarini o'rganadi. Uning she'rlarida ayol qalbining eng inja va sohir jihatlari mahorat bilan qalamga olingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Saodat Fayziyeva She'rlari Saodat Fayziyeva asarlari