Sahifa yuklanmoqda . . .


Bir qiz yig'lar

Bir qiz yig'lar buloq boshida, 
Ma'yus majnuntollar qoshida, 
Ko'ngil ohi ko'zin yoshida: 
Bevafo ko'p ekan dunyoda...

Nigohida oftoblari bor, 
Nolishlarin javoblari bor, 
So'ngan sevgi azoblari bor, 
Bevafo ko'p ekan dunyoda...

Tovoniga tushgan kokillar, 
Qizginaga qo'shilib yig'lar, 
Bir so'z dilga sanchadi tig'lar -
Bevafo ko'p ekan dunyoda...

Dildan ko'chib ketsa xayollar, 
Yomonga yo'q ekan jazolar, 
Yolg'on dunyo ekan dunyolar, 
Bevafo ko'p ekan dunyoda.

Ermak ekan endi Laylolar, 
Majnun g'arib kezgan sahrolar, 
Ertak ekan Tohir-Zuhrolar, 
Bevafo ko'p ekan dunyoda...

Bir qiz yig'lar buloq boshida, 
Ma'yus majnuntollar qoshida. 
Ko'ngil zori ko'zin yoshida: 
Bevafo ko'p ekan dunyoda.

Qo'y yig'lama mening jon singlim, 
Men ham sendek bag'ri qon singlim. 
Menga ham yo'q mehribon singlim, 
Bevafo ko'p ekan dunyoda, 
Muhabbat yo'q ekan dunyoda!


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 24-Aprelda yuklangan

106 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
qiz yig'i buloq bosh majnun tol qosh ko'ngil oh ko'z yosh vafo dunyo nigoh oftob nolish javob sevgi azob tovon kokil so'z dil tig' xayol jazo yolg'on ermak laylo g'arib sahro ertak tohir zuhro singil qon mehr muhabbat
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari