Sahifa yuklanmoqda . . .


Bahorni sog'indim...

Bahorni sog’indim, bahorni...

Ko’rganda yerlar, olamlar to’la qorni.

Qor... qor –

Zaharli ninalar kabi

Ko’zlarga qarab oqar...

Qaydasiz, qaydasiz

Latif siynalar kabi

Dalalarga singgan bahor?

Tala-tuz,

Ekin-tikin...

G’amgin-g’amgin

So’la boshladi.

Sarg’aygan yaproq,

Bo’yanib tuproq

O’la boshladi, o’la boshladi...

Yo’q... o’lim yo’qdir!

Yolg’iz bir o’chib, bir so’nish bordir.

Bir o’chib, so’nib... yana yonish bor.

Yana bahorlar,

Yana lolalar,

Yana siz, ey... erkin tilaklar!..

 

1926-yil, Sentabr, Samarqand


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 13-Yanvarda yuklangan

1098 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
bahor yer olam qor zahar nina ko'z latif siyna dala tuz ekin-tikin g'am yaproq tuproq o'lim o'chish so'nish yonish lola tilak erkin
Muallif
Abdulhamid Cho'lpon

Abdulhamid Cho'lpon

(1898-1938) XX asr tongining porloq yulduzi Cho’lpon she’riyat, nasr, dramaturgiya, tarjimachilik va maqolanavislikda samarali ijod etdi. Vatan ozodligi va millat mavqeini yuksaltirish g’oyalarini mardona, jasorat bilan tarannum etuvchi ijodi istiqlol davri hayotimizning manfaatlariga xizmat qilmoqda.

Batafsil


Yangi She'rlar Abdulhamid Cho'lpon She'rlari Abdulhamid Cho'lpon asarlari