Sahifa yuklanmoqda . . .


Assalomu alaykum, dorning og'ochi

Assalomu alaykum, doming og‘ochi

"Kuntug‘mish"dan

 

Ko‘nglim qorong‘udir, tevarak tutun,

Yolg‘iz boshim uzra uvullar shamol,

Ko‘zlarimni g‘ajir allaqanday tun,

Sen kimsan, nimasan, sen kimning boji? —

Aqlimni g‘ijimlar yalang‘och savol —

Assalomu alaykum, doming og‘ochi.

 

Turkiylar, aytingiz, bizda nima bor?

Bizda bor mute'lik, qullik, ozorlar,

Bizda bor qo‘llardan ketgan ixtiyor,

Manxus kimsalarning talon-toroji,

Hayqirib yotibdi buyuk mozorlar —

Assalomu alaykum, doming og‘ochi.

 

Turkiylar, aytingiz, bizdan nima yo‘q?

Bizda yo‘q, ittifoq, bizda yo‘q birlik —

Oyoq ostidadir insoniy huquq,

Bu turkiy olamning qutlug‘ me’roji,

Oyoq ostidadir muqaddas hurlik,

Assalomu alaykum, doming og‘ochi.

 

Yovuzlar kuchlarin to‘plab shaylanar,

Ichi to‘la g‘azab, qo‘llarida tig‘,

Zamonlar aylanar, osmon aylanar,

Ona Turkistondir turklarning toji —

Aytingiz, qandayin yashaymiz ortiq,

Assalomu alaykum, doming og‘ochi.

 

Non so‘rab kelganga joningni berding,

Sendadir matonat, sendadir toqat.

Qon so‘rab kelganga shoningni berding,

Yurtingni berding sen, qattol xiroji,

O‘ldirsang, o‘zingni o‘ldirding faqat,

Assalomu alaykum, doming og‘ochi.

 

Magar ohing bilan olamni to‘ldir,

Tinglamas Allohing nolalaringni.

Vahki, otangni ot, onangni o‘ldir,

Ey, qora dunyoning qora muhtoji,

Bo‘g‘izla tole'siz bolalaringni —

Assalomu alaykum, doming og‘ochi.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 21-Martda yuklangan

213 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dor og'och ko'ngil tutun bosh shamol ko'z tun savol aql turk mute'lik qullik ozor qo'l ixtiyor mozor ittifoq birlik oyoq inson huquq olam me'roj hurlik g'azab tig' zamon osmon non jon matonat toqat qon shon yurt
Muallif
Rauf Parfi O'zturk

Rauf Parfi O'zturk

O'zbek milliy modern she'riyatining asoschilaridan biri va eng yirik vakili. Birinchi she’ri 1957-yilda e’lon qilingan. „Karvon yo’li“ (1968), „Aks-sado“ (1970), „Tasvir“ (1973), „Xotirot“ (1974), „Ko’zlar“ (1976), „Qaytish“ (1981), „Sabr daraxti“ (1986), „Sukunat“ (1991), „Tavba“ (2001) she’riy to’plamlari nashr etilgan. Rauf Parfi lirik qahramon ruhiy olamining nozik evrilishlarini mahorat bilan tasvir etuvchi she’rlari bilan tanilgan. Shoir so’zning rang va ohanglaridan, she’riy tasvir vositalaridan o’ziga xos uslubda foydalanadi. She’rlari bir necha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Rauf Parfi Bayronning „Manfred“, Nozim Hikmatning „Inson manzaralari“, Mahmud Hodiyning «Ozodlik lavhalari» («Alvohi intiboh»), Karlo Kaladzening „Dengiz xayoli“, A. Dyumaning «Uch sarboz» va boshqa jahon she’riyati klassiklarining asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Batafsil


Yangi She'rlar Rauf Parfi O'zturk She'rlari Rauf Parfi O'zturk asarlari