Sahifa yuklanmoqda . . .


Tush — sarobiy orzular...

Tushlarimga kirding- ey,
Tushlaringga kirdimmi?
G’ayrat Majid

Tush — sarobiy orzular
Ko’zgu tutar dilingga.
O’ngda ko’rinmas manzil
Tushda chorlar yo’lingga.
Yarimjon taqdirimni
Qo’rqmay tutgum qo’lingga.
Men o’zimni shunchalar
Dardga o’gay bildimmi,
Tushlarimga kirding- ey,
Tushlaringga kirdimmi?

Dunyo — egov, umrimni
Taroshlaydi har onda.
Yuzim xazon rangi- yu,
Lolalar oqar qonda.
Najot izlama ishqdan,
Najot faqat hijronda.
Yuragimni qo’ltiqlab
Yana senga keldimmi,
Tushlarimga kirding- ey,
Tushlaringga kirdimmi?

Kimnidir yo’qlash savob,
Farah qo’shar hayotga.
Qancha savob ko’p bo’lsa,
Qo’rqmay borgum Sirotga.
Sen tushlarimda kezsang,
Umrim halolmas yotga,
Savoblaring sanoqsiz,
Men ham savob qildimmi,
Tushlarimga kirding- ey,
Tushlaringga kirdimmi?


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 20-Aprelda yuklangan

133 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tush sarob orzu ko'zgu dil o'ng manzil yo'l taqdir qo'l dard o'gay dunyo egov umr on yuz xazon rang lola qon najot ishq hijron yurak savob farah hayot sirot halol yot
Muallif
Saodat Fayziyeva

Saodat Fayziyeva

Saodat Fayzieva 1992-yil 11-iyulda Buxoro viloyati Olot tumanida tug’ilgan. Qalbida ilmga qiziqish erta uyg'ongan bo'lajak shoira tumandagi fizika-matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan 31-IBMIga o'qishga kiradi. U 2009-yilda ushbu dargohni a'lo baholar bilan tamomlab, O’zbekiston Milliy universitetining o’zbek filologiyasi fakultetida tahsilni davom ettiradi va bu yerda ko'plab ustozlardan adabiyotning nozik sir-u asrorlarini o'rganadi. Uning she'rlarida ayol qalbining eng inja va sohir jihatlari mahorat bilan qalamga olingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Saodat Fayziyeva She'rlari Saodat Fayziyeva asarlari