Sahifa yuklanmoqda . . .


Siz yoqqansiz menga hamisha...

Siz yoqqansiz menga hamisha,
Faqat buni etmovdim oshkor.
O'ylovdimki, yurak topishar,
Bizdan ketgach sabr-u ixtiyor.
O, men sizni qanchalar kutdim —
Mana — oq soch, mana bu — ajin.
Kunlarimni tortqilab yutdi
Shum yolg‘izlik — farishta g‘ajir.
Ortingizdan ketishim mumkin,
Yo'l tugasa, yo'lsiz tentirab.
Ammo, ayting, yig‘laysiz nechun
Manglayingiz devorga tirab?
Yo‘q, hech sizga etmasin ozor,
Tushinaman — yillar, andisha...
Faqat sizga aytmovdim oshkor —
Siz yoqqansiz menga hamisha.


Online dars - zoom, google meet orqali


Erkinjon
17/04/2017
Zo'r!
Ma'lumot
2017, 11-Aprelda yuklangan

145 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
sevgi muhabbat ishq o'y yurak sabr ixtiyor kutish soch ajin yil yolg'izlik farishta ort yo'l yig'i manglay ozor andisha
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari