Sahifa yuklanmoqda . . .
O‘zni, ko‘ngul, aysh bilan tutmoq kerak,
Bizni unutqonni unutmoq kerak.
Aysh-u tarab gulbunig'a suv berib,
G'ussa niholini qurutmoq kerak.
Tiyra turur zuhd damidin ko‘ngul,
Ishq o‘ti birla yorutmoq kerak.
Har nimag'a g'am yema, g'am ko‘p turur,
Aysh bila o‘zni ovutmoq kerak.
Qo‘yma mashaqqat aro, Bobur, ko‘ngul,
O‘zni farog'at bila tutmoq kerak.
(1483-1530) Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U faqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olimgina emas. balki mohir sarkarda va buyuk davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalarning barchasi bilan chambarchas bog'liq holda yuzaga keldi.