Sahifa yuklanmoqda . . .


Lopchi

(O'zbek xalq ertagi)

Toshkentda bir lopchi bor ekan. U o‘zini birdan-bir lopchi deb bilar ekan. U bir kuni Qo‘qonda ham bir katta lopchi borligini eshitibdi. Uni mot qilib kelish uchun Qo‘qonga jo‘nabdi. Qo‘qonga borgach, lopchining uyini qidirib topibdi. Eshikni taqillatibdi. Lopchi uyida yo‘q ekan. Ichkaridan bir qiz chiqib:
— Dadam uyda yo‘q, nima ishingiz bor edi? — deb so‘rabdi.
— Ha, men Toshkentdan otangizni ziyorat qilish uchun keldim. Otangizga sovg‘a qilib bir guldor gilam ham olib kelgan edi. Shu gilamning bir cheti vokzalda, bir cheti shu yergacha yetadi. Shuni qabul qilib oling, — debdi. Qiz:
— Ha, juda yaxshi, mayli, keltira qoling. Bizning ham bir gilamimiz bor edi. Yaqinda cho‘g‘ tushib kuyib qoldi. Shunga yamoq bo‘lar, — debdi.
Buni eshitgan toshkentlik lopchi:
— Hali qizi shunday lopchi bo‘lsa, otasini ko‘rib nima ham qildim, — deb o‘z shahriga qaytib ketgan ekan.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2016, 31-Dekabrda yuklangan

212 marta ko'rildi

8 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
lop toshkent qo'qon qiz gilam mot uy eshik dada ish ziyorat sovg'a vokzal yamoq shahar
Muallif
Xalq og'zaki ijodi

Xalq og'zaki ijodi

Batafsil


Yangi Hajviy ertaklar Xalq og'zaki ijodi Hajviy ertaklari Xalq og'zaki ijodi asarlari