Sahifa yuklanmoqda . . .
Yosh qalamkashlarga ataganim
Kipriklarim qo’ng’irmikan yo qora?
Kipriklarim yuztamikin yoki ming?
Kipriklarim muncha aziz va sara,
Ko’zginamning kipriklari...
Quyunlarda qolganimda, changga o’ralganimda,
Ohangaron to’zonidan, zanji qoralganimda,
Yoki yaxshi timsol izlab, changday taralganimda,
Yoki bir she’r armonida, yuz bir ko’ralganimda,
O’zbekiston tonglarini, bedor kutgan ko’zlarim,
Tengsiz tonglar falsafasin, tashna yutgan ko’zlarim.
Ko’zlarimga chegarada shay askarday qo’riqchi,
Ko’zlarimga olis Bobur g’ussasiday yo’riqchi,
Ey, aziz kipriklarim.
Sergaklikda tiriklarning siz-ku eng tiriklari.
Kiprigimday azizlarim, nechog’liq ham suyuksiz.
Armonimday buyuksiz!
1960
Millat turmush tarzi, dunyoqarashi va orzu-intilishlarining betakror qirralarini o’zga ijodlardan farqli xalqona bir yo’sinda o’zbek badiiyatiga olib kirgan hassos, donishmand shoir. She’riyatida so’zning inja ma’no nozikliklari, qadim va turkiyona mavqelari qad rostlab, shoirning fusunkor, zakiy hikmatlariga xizmat qiladi.