Sahifa yuklanmoqda . . .


Dar sifati qishloqi Hapalak ki ba mahdum Maxmur taalluq yofta

(Maxmur mahdum aloqador bo‘lgan Hapalak qishlog’ining sifati)

 

Ey jahondori zafar, kavkabayi davri falak,

Go’sh qil qissayi qishloqi xarobi Hapalak.

 

Turfa qishloqi g‘azabkarda ki parrandalari,

Tovuqi ignachi-yu, o’rdag-u g’ozi kapalak.

 

Bor-u yo‘q uylarni banda bayon gar qilsam,

Bir katak, ikki kapa, uch olachuq, to‘rt katalak.

 

Dema uy, balki zaminkandir agar kirsa kishi,

Har taraf betiga urgaylar aning ko‘rshapalak.

 

Xalqini ko‘rsang agar o‘lasi-yu, qoq-u xarob,

Ochlikdan egilib qomati misli kamalak.

 

Ajirig’ tomirini o’g‘urida mayda tuyub,

Qaynatib kunda ichar, otini derlar sumalak.

 

Gar tahorat qilsa qavmi suv topolmay nochor,

Betini qum bila yub (ko‘zi)ga surgay guvalak...

 

Hazrati xondin tilla pulini talab qilgani:

Ey falak qadri adolat shiyamu mulki malak,

Marhamat chog’ida rahm ayla ba holi Hapalak.

 

Kecha go‘yo eshitib shuhrati tilla pulini,

Hapalak qo‘rqusidan uchdi misoli kapalak.

 

Himmating yo‘lida bir tepa karomat qilgin,

Kapalak boz qo‘nib joyiga bo‘lgay Hapalak.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 11-Yanvarda yuklangan

1651 marta ko'rildi

5 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
jahon zafar davr falak qissa qishloq xarob hapalak g'azab parranda tovuq ignachi o'rdak g'oz kapalak uy banda bayon katak kapa katalak zamin kishi yuz ko'rshapalak xalq ochlik qomat kamalak ajirig' tomir o'g'ur sumalak tahorat qavm suv bet qum ko'z
Muallif
Maxmur

Maxmur

(XVIII asr oxiri – 1844-yillar) Adibning asl ismi Mahmud bo’lib,u ikki tilda: o‘zbek va tojik tillarida ijod qilgan. Shoirning lirik asarlari ham anchagina. Ammo unga shuhratni asosan hajviy asarlari keltirgan. Uning bizgacha bir qo‘lyozmasi yetib kelgan. Unda 69 ta asar bor. Ko‘plab bayoz va tazkiralarda ham Maxmurning ijodidan namunalar saqlanib qolgan.

Batafsil


Yangi Voqeaband g'azallar Maxmur Voqeaband g'azallari Maxmur asarlari