Sahifa yuklanmoqda . . .


Yorning vasli emas ozorsiz...

Yorning vasli emas ozorsiz, 
Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.

Ul parivash vaslidin bo’ldim judo, 
Rohati dil qolmadi dildorsiz.

Yor uchun ag’yor dardin tortaman, 
Ko’rmadim bir yorni ag’yorsiz.

Tan buzuldi, endi rohat qolmadi, 
Soya paydo bo’lmadi devorsiz.

Berma nisbat qaddiga, ey bog’bon, 
Sarvdur bu bog’ aro raftorsiz.

Nodira ahvolidin ogoh bo’ling, 
Ey musohiblarki, qolmish yorsiz.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 08-Yanvarda yuklangan

400 marta ko'rildi

5 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yor vasl ozor gulshan gul xor pari judo rohat dil dildor ag'yor dard tan soya devor qad bog'bon sarv bog' raftor nodira musohib ogoh
Muallif
Nodirabegim

Nodirabegim

(1792-1842) O‘zbek mumtoz adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri Nodira XVIII asrning oxirgi choragida Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga kelgan. Asl ismi Mohlaroyimdir. Nodira, Maknuna va Komila taxalluslari bilan ijod qilgan. Nodira she’riyati qizg’in va hayajonli, boy va mazmundor, ayni paytda fojialar bilan to’la hayotining o’ziga xos sharhlaridan iborat. Bu she’riyatning bosh mavzusi ishqdir. Uning har bir satridan ishq hidi anqiydi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Nodirabegim Yakpora g'azallari Nodirabegim asarlari