Sahifa yuklanmoqda . . .


Yorga yetar kun bormu, yoronlar

Hamdu sanolar aytay xudoga,

Yorga yetar kun bormu, yoronlar?

Yetgaymu dodim nozuk adoga,

Yorga yetar kun bormu, yoronlar?

 

Shum toleimdan ko’rdum jafoni,

Zolim raqiblar ko’rdi vafoni,

Holim so’r emdi, bergil davoni

Yorga yetar kun bormu, yoronlar?

 

Bulbuldayinkim faryod etarman,

Ishq daftarini bunyod etarman,

Ko’nglumni bir dam men shod etarman,

Yorga yetar kun bormu, yoronlar?

 

Qachon visoling bo’lg’ay muyassar,

Ishqingda kezdim ham bahru ham bar,

Dardu alamga to’ldi ko’ngullar,

Yorga yetar kun bormu, yoronlar?

 

G’am bahri qildi mavjini bunyod,

Ishqingda qildim ming ohu faryod,

O’tti nigorim chun sarvi ozod,

Yorga yetar kun bormu, yoronlar?

 

Hajr ahli keldi, tutti yoqamdin,

Bag’rim tilindi paykoni g’amdin,

Faryod etarman ushbu alamdin,

Yorga yetar kun bormu, yoronlar?

 

Sham’i firoqing ko’ksimda yondi,

Ko’z yoshim oqib bag’rimga tomdi,

G’aflatda qolgan Mashrab uyondi

Yorga yetar kun bormu, yoronlar?


Ushbu murabba'ni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 05-Yanvarda yuklangan

128 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
hamd sano xudo yor kun yoron dod nozuk ado shum tole jafo zolim raqib vafo hol davo bulbul faryod ishq daftar bunyod ko'ngul dam visol muyassar bahr bar dard alam g'am mavj oh nigor sarv ozod hajr ahl yoqa bag'ir paykon sham firoq ko'ksi ko'z yosh
Muallif
Boborahim Mashrab

Boborahim Mashrab

(1653-1711) Boborahim Mullavali o‘g‘li Mashrab mumtoz adiblarimiz orasida o‘zidan keyin alohida va takrorlanmas maktab yaratgan ulug‘ ijodkorlarimizdan biridir. Uning lirik merosi bilan birga «Mabdayi nur» va «Kimyo»asarlari ham yetib kelgan. Mashrab lirikasining mavzu qamrovi juda keng. Unda olam va odamga aloqador bo‘lgan barcha mavzular qamrab olingan deyish mumkin. Ammo ularning barchasi go‘yoki ishq-muhabbat mavzusi atrofiga birlashgandek tuyuladi.

Batafsil


Yangi Murabba'lar Boborahim Mashrab Murabba'lari Boborahim Mashrab asarlari