Sahifa yuklanmoqda . . .


Xayolimda bo’lding uzun kun...

Xayolimda bo’lding uzun kun,

Seni izlab qirg‘oqqa bordim.

Och to’lqinlar pishqirgan tunda,

Topib ber, deb oyga yolvordim.

Ishon bunga, seni doimo

Esga solur chiroyli tunlar,

Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar,

Esga solur baxtiyor kunlar.

Toleyimning oshinosi sen,

Sen sevgimning ko‘kargan bog‘i.

Sening bilan birga iqbolim,

Ishonchimning sen vafo tog‘i.

Meni qurshar salqin bir havo,

Suv ustidan tun quyuladi.

Shunda qancha-qancha gaplarni

Esga solib oy ham to’ladi.

Kecha jimjit, yolg’iz to’lqinlar,

Pishqiradi bilmay tinimni.

Hiylagar oy, sehrgar dilbar,

Solib qo‘yding yodimga kimni?..


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2016, 24-Dekabrda yuklangan

577 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
es to'lqinlar salqin oy sevgi tun bog' iqbol ishonch vafo sehrgar hiylagar dilbar tog' havo suv kun qirg'oq kecha jimjit to'lqin xayol bo'l uzun izla bor
Muallif
Hamid Olimjon

Hamid Olimjon

Iste’dodli shoir, dramaturg, olim va jamoat arbobi Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov nomidagi boshlang‘ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1923—1926), so‘ng Pedakademiyada (1926— 1931) o‘qidi. Hamid Olimjon talabalik yillaridayoq she’riyatga qiziqdi. Uning asarlari 1926 yildan «Zarafshon» gazetasida chiqa boshladi. 1927 yilda shoir mazkur ro‘znoma muharririyatiga ishga o‘tdi. Hamid Olimjonning «Ko‘klam» nomli ilk she’riy to‘plami 1929 yilda bosilib chiqdi. Shundan so‘ng «Olov sochlar» (1931), «O‘lim yovga» (1932), «Poyga» (1932) kabi she’riy to‘plamlari nashr etildi.

Batafsil


Yangi She'rlar Hamid Olimjon She'rlari Hamid Olimjon asarlari