Sahifa yuklanmoqda . . .


Tilak

Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog` tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo`llariga aso — bir tayoq tushsin.

Iymoni sof, yuzga kirib yorug` yuz,
To`ylar ko`rib yelkasidan tog` tushsin.
Jismiga so`nggi safar oldidan
O`z bolasin qo`lidan tuproq tushsin...


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 24-Aprelda yuklangan

475 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tilak soch ajin yuz dog' quvvat bel qo'l aso tayoq iymon to'y yelka tog' jism safar bola tuproq
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari