Sahifa yuklanmoqda . . .


Suygan choqlarda

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Go'zallarning malikasi ekansan,
Buni sening ko'zlaringdan o'qidim.
O'qidim-da istiqbolim qushiga
Xayolimdan oltin qafas to'qidim.

Gunafshalar qulog'imga madhingni
So'zlab-so'zlab charchadilar, bitmadi...
Alamzada bulbul yig'lab, kechalar
Alamingning so'ngin tamom etmadi

Ko'zingdagi hikoyaning mazmunin,
Shoir bo'lsam, aytib-aytib yig'lardim.
O'shal, eski jarohatli qalbimni
Satrlarning nashtari-la tilardim.

Xayolimning qip-qizildan kiyingan
Parilari, hurlarini ko'rdingmi?
Alamimdan gullar ekkan yo'llardan
Koinotga hayot sochib yurdingmi?

Yo'llaringda she'r aytsa so'lgan barg,
Qulog'imga musiqalar keltirur.
Qachon sening musiqali ovozing
Sening meni suyganingni bildirur?


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Fevralda yuklangan

658 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Ernazar Yorbekov o'qidi


Tayanch tushunchalar:
sevgi chog' go'zal malika ko'z istiqbol qush xayol oltin qafas gunafsha quloq madh so'z alam bulbul yig'i kecha tamom hikoya mazmun shoir jarohat qalb satr nashtar pari hur gul yo'l koinot hayot barg musiqa
Muallif
Abdulhamid Cho'lpon

Abdulhamid Cho'lpon

(1898-1938) XX asr tongining porloq yulduzi Cho’lpon she’riyat, nasr, dramaturgiya, tarjimachilik va maqolanavislikda samarali ijod etdi. Vatan ozodligi va millat mavqeini yuksaltirish g’oyalarini mardona, jasorat bilan tarannum etuvchi ijodi istiqlol davri hayotimizning manfaatlariga xizmat qilmoqda.

Batafsil


Yangi She'rlar Abdulhamid Cho'lpon She'rlari Abdulhamid Cho'lpon asarlari