Sahifa yuklanmoqda . . .


"So'zung" radifli g'azal

Buxl eliga demagil, ey zubdai davron so‘zung,

Hayf etar qadrini bilmay siflayi nodor so‘zung.

 

Garchi so‘zung gavhari qimmatbaho yo‘q dahr aro,

Bor alarning qoshida xarmuhradin arzon so‘zung.

 

Ulki qilmaydur maoni bahrig‘a g‘avvosliq,

Ko‘rmagay minchoqcha gar bo‘lsa durri g‘alton so‘zung.

 

Past fitratlarga dunyo moli uchun tutma ko‘z,

Bir qaro pul bobida mushkul qilur oson so‘zung.

 

Buxl zangin qira olmas ko‘nglidin,

Gar itiklik ichra bo‘lsa o‘ylakim suhon so‘zung.

 

Gar so‘zungdin bir nimarsa unmasa bu dunyoda,

Tinglamaslar oxiratda bersa ham imon so‘zung.

 

Iltimos etma alardin bir kapanakni zinhor,

Sindurur gar bersa ham o‘lg‘on badanga jon so‘zung.

 

Donish ahli qoshida har biri bir la’li xo‘sha,

Lek alarg‘a bordurur la’l o‘lsa ham paykon so‘zung.

 

Topmasang so‘z lazzatidin ogoh-u Komil kishi,

Soqlag‘il bo‘lg‘uncha ko‘nglung pardasida qon so‘zung.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 11-Yanvarda yuklangan

250 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
el buxl davron hayf gavhar qimmat dahr qosh arzon ma'no bahr g'avvos fitrat dunyo mol ko'z pul qaro oson mushkul zang ko'ngul so'z oxirat imon iltimos o'lik badan jon donish ahli la'li paykon lazzat ogoh parda qon
Muallif
Muhammadniyoz Komil Xorazmiy

Muhammadniyoz Komil Xorazmiy

(1825-1899) Yangi o‘zbek adabiyotini ko‘p asrlik an’analarga ega mumtoz adabiyot bilan bog‘lab turadigan eng yorqin adabiy shaxsiyatlardan biri shoir Komildir. Serqirra iste’dod egasi Muhammadniyoz Komil milliy madaniyatimiz tarixida nafaqat shoir, balki yirik siyosiy arbob, taniqli musiqashunos, mohir tarjimon, yetuk xattot sifatida chuqur iz qoldirgan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Muhammadniyoz Komil Xorazmiy Yakpora g'azallari Muhammadniyoz Komil Xorazmiy asarlari