Sahifa yuklanmoqda . . .


Sog'inch

Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'izoyoq yo'l.
Barcha tashvishlarni unutib, shodon,
Qaytgim kelayotir qoshingga butkul.

Qismat mayin ichdim - achchiq va taxir,
Tuydim ehtirosning samoviy kuchin.
Dunyoda odamzod yashamas, axir,
Faqat irodasin sinamoq uchun.

Parchagina bulut,
Cheksiz osmon,
Adir ortidagi yolg'izoyoq yo'l.
Barcha tashvishlarni unutib, shodon,
Qayta olsam edi qoshingga butkul.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2016, 24-Dekabrda yuklangan

81 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
sog'inch parchagina bulut cheksiz osmon adir ort yolg'izoyoq yo'l tashvishlar qismat may ehtiros kuch dunyo odamzot iroda sinov
Muallif
Abdulla Oripov

Abdulla Oripov

O’zbek she’riyatining yorqin, betakror siymosi. O’ziga xos uslub, she’riy ovoz sohibi. Lirik qahramoni dunyoning sir-sinoatiga oshufta va undan hikmat izlovchi, komillik va ezgulik tantanasiga jo’shqin qalb shijoati bilan intiluvchi serfazilat inson. Dramatik dostonlari, jahon adabiyoti durdonalaridan qilgan tarjimalari ham mashhur.

Batafsil


Yangi She'rlar Abdulla Oripov She'rlari Abdulla Oripov asarlari