Sahifa yuklanmoqda . . .


Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana...

Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana,

Tiyra bo‘ldi ro‘zg'orim ul qaro qoshdin yana.

 

Men xud ul tifli parivashg'a ko‘ngul berdim, vale,

Xonumonim nogahon buzulmag'ay boshdin yana.

 

Yuz yomonliq ko‘rub ondin telba bo‘ldung, ey ko‘ngul,

Yaxshilig'ni ko‘z turarsen ul parivashdin yana.

 

Tosh urar atfol mani, uyida forig‘ ul pari,

Telbalardek qichqirurmen har zamon toshdin yana.

 

Oyog'im yetgancha Boburdek ketar erdim, netay,

Sochining savdosi tushti boshima boshdin yana.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 12-Sentabrda yuklangan

1203 marta ko'rildi

10 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
soch savdo bosh ro’zg’or qosh ko’ngul telba yomonlik yaxshilik ko’z pari tosh uy zamon oyoq
Muallif
Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur

(1483-1530) Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U faqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olimgina emas. balki mohir sarkarda va buyuk davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalarning barchasi bilan chambarchas bog'liq holda yuzaga keldi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Zahiriddin Muhammad Bobur Yakpora g'azallari Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari