Sahifa yuklanmoqda . . .


Shifoyi vasl qadrin, hajr ila bemor o'landan so'r...

Shifoyi vasl qadrin, hajr ila bemor o'landan so'r,

Zuloli zavq-shavqin tashnayi diydor o'landan so'r.

 

Labing sirrin gelub guftora bandan o'zgadan so'rma,

Bu pinhon nuktani bir voqifi asror o'landan so'r.

 

Go'zi yoshlularing holin na bilsun mardumi g'ofil,

Kovokib sayrini shab to sahar bedor o'landan so'r.

 

Xabarsiz o'lma fatton go'zlaring javrin chekanlardan,

Xabarsiz mastlar bedodini hushyor o'landan so'r.

 

G'amingdan sham'tak yondim, sabodan so'rma ahvolim,

Bu ahvoli shabi hijron banim-la yor o'landan so'r.

 

Xarobi jomi ishqam, nargisi masting bilur holim,

Xarobot ahlining ahvolini xummor o'landan so'r.

 

Muhabbat lazzatindan bexabardir zohidi g'ofil,

Fuzuliy ishq zavqin, zavqi-shavqi vor o'landan so'r.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 11-Yanvarda yuklangan

299 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
shifo vasl hajr bemor zavq shavq diydor lab sir asror ko'z yosh hol mardum g'ofil sayr xabar javr mast g'am sham sabo ahvol hijron yor xarob jom ishq nargis ahli xummor muhabbar lazzat zohid fuzuliy
Muallif
Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy

Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy

(1498-1556) Muhammad Sulaymon o’g’li Fuzuliy Sharqning eng mashhur shoirlaridandir. U 1498-yilda Iroqning Karbalo shahrida tug’ilgan. Fuzuliy ijodi boy va rang-barang bo’lib, ko’lami va qudratiga ko’ra butun turk adabiyotida alohida bir bosqichni tashkil qiladi. XVI asr turkiy she’riyatida unga qiyos etgulik ikkinchi bir shoirni topib bo’lmaydi. U, avvalo, zabardast lirik shoirdir. Yuzlab ehtirosli g’azallar yozgan, devonlar tuzgan, turkiy she’rning buyuk Navoiydan keyin qadr-u e’tiborini yuksak sharaf va mas’uliyat bilan himoya eta olgan ijodkordir.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy Yakpora g'azallari Muhammad Sulaymon o'g'li Fuzuliy asarlari