Sahifa yuklanmoqda . . .


"Rahm et" radifli g'azal

Ishqing g'amida diydayi giryonima rahm et,
Hajring tunida nolayi afg'onima rahm et.

Javring chekibon joni hazin chiqqoli yetdi,
Ey jonu jahon, joning uchun jonima rahm et.

Toroji firoqing yalang etti tani zorim,
Ber jomayi vasling, tani uryonima rahm et.

Darding chekaram go'shayi vayronada umre,
Tashrif ketur, kulbayi ahzonima rahm et.

Holimni parishon yuz uza ayladi zulfing,
Jam' et oniyu halo parishonima rahm et.

Ey gul, g'ami hajringda ko'ngul bulbuli nola
Tokay qiladur, bulbuli nolonima rahm et.

Davron sitami, ishq g'ami, hajr balosi
Qasd etti hazin xotiri vayronima, rahm et.

Bejurm mani yozg'urubon tiyg'i jafoni
Jonimg'a surub, qolma maning qonima, rahm et.

Hayratdadur Ogahiy to ko'rdi jamoling,
Ey hurliqo, diydayi hayronima rahm et.


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 10-Yanvarda yuklangan

183 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ishq g'am diyda giryon rahm hajr tun nola afg'on javr jon jahon firoq tan zor vasl dard go'sha vayrona umr tashrif kulba hol parishon yuz zulf gul ko'ngul bulbul davron sitam balo qasd hazin vayron jafo hayrat ogahiy jamol hurliqo hayron
Muallif
Muhammad Rizo Ogahiy

Muhammad Rizo Ogahiy

(1809-1874) Alisher Navoiydan keyin o’zbek adabiyoti tarixida ijodining ko’lamdorligi jihatidan birorta adib Ogahiy bilan bellasholmaydi. U yigirma ming misradan ortiqroq she’rlar, olti tarixiy asar, o’n to’qqiz tarjima asari qoldirgan. Uning «Ta’viz ul-oshiqin» («Oshiqlar tumori») devoni mashhurdir. Devonga o‘zbekcha she’rlar bilan birga fors-tojik tilida yaratilgan asarlari ham kiritilgan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Muhammad Rizo Ogahiy Yakpora g'azallari Muhammad Rizo Ogahiy asarlari