Sahifa yuklanmoqda . . .


Qaysi falak burjining mehri puranvorisen...

Qaysi falak burjining mehri puranvorisen?

Qaysi sadaf durjining gavhari shahvorisen?

Qaysi Xo‘tan ohusi, nofayi totorisen,

Qaysi chamanzorning lolav-u gulnorisen?

So‘yla mango, ey sanam, kimni sevar yorisen?

 

Qomatinga bandadur bog‘ aro sarvi ravon,

La’li labing rashkidin g‘uncha erur bag‘ri qon.

Chunki chaman sahnida bo‘lsa yuzing gulfishon,

Nolasin aylar fuzun bulbuli bexonumon,

So‘yla mango, ey sanam, kimni sevar yorisen?

 

Yig‘latur oshiqlaring la’li labing xandasi,

To‘bi-yu shamshod erur sarv qading bandasi.

Husn-u jamol avjining mehri duraxshandasi

Ko‘rsa mahi orazing, bo‘lg‘usi sharmandasi,

So‘yla mango, ey sanam, kimni sevar yorisen?

 

Ey, yuzi husn-u jamol bog‘ining ahmar guli,

Jon ila ko‘nglum erur ushbu guling bulbuli.

Qumriyi nolon erur sarv qadingning quli,

Yo‘q esa nechun oning bo‘ynida bordur g‘uli.

So‘yla mango, ey sanam, kimni sevar yorisen?

 

Sen kibi bir dilbare gulruh-u siymin badan,

Vaqti takallum aro to‘tiyi shakkar suxan.

Majlis aro aylasang shu’badayi la’b fan,

Vola o‘lurlar sango ahli zamon-u zaman,

So‘yla mango, ey sanam, kimni sevar yorisen?

 

Aysh-u nashot istabon g‘amg‘a duchor o‘lmag‘on,

Mehringga dil bastayi zor-u nizor o‘lmag‘on.

La’li labing shahdig‘a bormu xumor o‘lmag‘on,

Dahr aro yo‘qtur sanga oshiqi zor o‘lmag‘on,

So‘yla mango, ey sanam, kimni sevar yorisen?

 

Bir kecha aylab mango mehr-u muhabbat ayon,

Hamrah-u yo‘ldoshsiz borcha ulusdin nihon.

Kulbayi ahzonima bo‘lsang agar mehmon,

Komili mahzuningga rostini etg‘il bayon,

So‘yla mango, ey sanam, kimni sevar yorisen?


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 11-Yanvarda yuklangan

288 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
falak burj mehr sadaf gavhar xo'tan ohu chaman sanam yor qomat banda sarv la'li lab rashk g'uncha bag'ir qon sahn yuz gul nola bulbul oshiq xanda qad husn jamol oraz moh jon ko'ngul qumri qul dilbar vaqt to'ti ahli zamon aysh g'am dil dahr muhabbat
Muallif
Muhammadniyoz Komil Xorazmiy

Muhammadniyoz Komil Xorazmiy

(1825-1899) Yangi o‘zbek adabiyotini ko‘p asrlik an’analarga ega mumtoz adabiyot bilan bog‘lab turadigan eng yorqin adabiy shaxsiyatlardan biri shoir Komildir. Serqirra iste’dod egasi Muhammadniyoz Komil milliy madaniyatimiz tarixida nafaqat shoir, balki yirik siyosiy arbob, taniqli musiqashunos, mohir tarjimon, yetuk xattot sifatida chuqur iz qoldirgan.

Batafsil


Yangi Mustaqil muxammaslar Muhammadniyoz Komil Xorazmiy Mustaqil muxammaslari Muhammadniyoz Komil Xorazmiy asarlari