Sahifa yuklanmoqda . . .


O‘zni, ko‘ngul, aysh bilan tutmoq kerak...

O‘zni, ko‘ngul, aysh bilan tutmoq kerak,

Bizni unutqonni unutmoq kerak.

 

Aysh-u tarab gulbunig'a suv berib,

G'ussa niholini qurutmoq kerak.

 

Tiyra turur zuhd damidin ko‘ngul,

Ishq o‘ti birla yorutmoq kerak.

 

Har nimag'a g'am yema, g'am ko‘p turur,

Aysh bila o‘zni ovutmoq kerak.

 

Qo‘yma mashaqqat aro, Bobur, ko‘ngul,

O‘zni farog'at bila tutmoq kerak.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 05-Yanvarda yuklangan

2876 marta ko'rildi

8 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
o'z ko'ngul aysh unutmoq tarab gulbun suv g'ussa nihol qurutmoq tiyra zuhd dam ishq o't yorutmoq g'am ovutmoq mashaqqat bobur farog'at tutmoq kerak
Muallif
Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur

(1483-1530) Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U faqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olimgina emas. balki mohir sarkarda va buyuk davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalarning barchasi bilan chambarchas bog'liq holda yuzaga keldi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Zahiriddin Muhammad Bobur Yakpora g'azallari Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari