Sahifa yuklanmoqda . . .


Osmon cho‘kib qoldi bu oqshom...

Osmon cho‘kib qoldi bu oqshom,

Yulduz bo‘lib yog‘ildi bir sas.

Bir mahalla nigohni ko‘rdim:

Yashash kerak, sevish shart emas.

Sadoqatmi?

Kimga kerak u?..

Behudadir ko‘zyoshing seli.

Yulduz bo‘lib yog‘ildi bir sas:

U - begona. U endi kelin...

 

To‘y - bu asli badjahl ota,

Baxtli bo‘lsin qizim degani.

Uni senga bermasman, bo‘tam,

Tirik ekan ko‘zim degani.

 

Osmon cho‘kib qoldi bu oqshom,

Qonimda bir g‘ashlik o‘rmalar.

Men olovga otarman endi

Yuragimni qiyma-qiymalab...

Yoqa ushlab qolsin ko‘rganlar,

Olovlarga otdim uni, bas.

Yonib ketsin chirsillab qalbim,

Sevish kerak... yashash shart emas!


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 16-Fevralda yuklangan

162 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
osmon oqshom yulduz sas mahalla nigoh ko'z yashash sevgi sevish shart sadoqat yosh sel begona kelin to'y jahl ota baxt qiz bo'ta qon g'ashlik olov yurak yoqa qalb
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari