Sahifa yuklanmoqda . . .


Oshiq bo’libman, ey yori jonim...

Oshiq bo’libman, ey yori jonim,
Vaslingni izlab, yo’qdur majolim.

Bir yo’qlamaysan kuygan qulingni,
Ko’zlari jallod, nozik niholim.

Rahm ayla manga, ey bag’ri qattiq,
Diydam to’la qon, ey sho’xi zolim.

Lab tashnalarga ayla nazora,
Qaddi chu shamshod qoshi hilolim.

Olding ko’ngulni bir-ikki so’zlab,
Devona bo’ldim, to’ti maqolim.

Har dam kuyarman, yodimga tushsang,
Bir ko’rmaguncha yo’qdur majolim.

Necha zamondur, ko’zdin nihondur,
Oshiq Muqimiy, ey xasta holim.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 11-Yanvarda yuklangan

1529 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
oshiq yor jon vasl majol qul ko'z jallod nihol rahm bag'ir diyda qon sho'x zolim lab qad qosh hilol ko'ngul devona to'ti maqol yod zamon nihon muqimiy xasta hol
Muallif
Muhammad Aminxo'ja Muqimiy

Muhammad Aminxo'ja Muqimiy

(1850-1903) O‘zbek adabiyotining mashhur vakillaridan bo‘lgan Muqimiy o‘z ijodi bilan Chiqish adabiyotining eng yaxshi an’analarini davom ettirdi, ayni paytda, axborotlar oqimining kuchayishi hamda ijtimoiy hayotda kechayotgan o‘zgarishlarni adabiyotga olib kirib, uning yangilanishiga munosib hissa qo‘shdi. Muqimiy o‘z ijodiy maktabiga ega shoirdir.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Muhammad Aminxo'ja Muqimiy Yakpora g'azallari Muhammad Aminxo'ja Muqimiy asarlari