Sahifa yuklanmoqda . . .


O'lim birlashtirar begonalarni...

O'lim birlashtirar

begonalarni,

odamlar bir yoqdan yig'ila kelar,

bir ko'zdan tikilar “jabrlangan”ga,

faqat bir yurakdan yig'ilar kelar.

O'lim birlashtirar

beparvolarni

kibr-u aldovlarning niqobin yirtar,

yirtqichmas,

dushmanmas odamga odam,

birodar ekanin eslatib ketar.

...Mana, begonalar,

beparvolar yo'q,

nihoyat odamlar birodar – tengdir.

O'limga bosh egdim,

qo'rqqanimdanmas,

hurmat qilganimdan boshimni egdim.

1983


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 21-Fevralda yuklangan

107 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
o'lim begona odam yig'i ko'z tikilish jabr yurak beparvo kibr aldov niqob yirtqich dushman birodar teng bosh qo'rquv hurmat
Muallif
Shavkat Rahmon

Shavkat Rahmon

Hozirgi zamon o’zbek adabiyotida o’ziga xos iz qoldirgan Shavkat Rahmon O’sh shahrida tavallud topgan. Shavkat Rahmon chinakam otashnafas millatsevar shoir edi. U o‘z kayfiyatlarini tasvir etish bilangina kifoyalanadigan shoirlar sirasidan emasdi. U hamisha millat dardini, xalqining armonlarini ifodalashga intilardi. Chunki u o‘z taqdirini, hayotini millatining hayoti va taqdiridan ayri tasavvur etmasdi. U har bir millatdoshining ko‘ngil mulkiga kirib borishni orzu qilib, shu yo‘lda tinimsiz dard chekib yashagan shoirdir.

Batafsil


Yangi She'rlar Shavkat Rahmon She'rlari Shavkat Rahmon asarlari