Sahifa yuklanmoqda . . .


Nimjon tovush keldi qozondan...

Nimjon tovush keldi qozondan:
-Afsus, dilni eritmas so’zing.
Axir, halim ko’nglim bor edi,
Bag’rim toshga to’ldirgan o’zing.

Ilinjim-la yiqildi ko’klam,
Ko’zlarimni ozdirdi yoshlar.
Boshim uzra silkinar osmon,
Oyoq tagim-yuraksiz toshlar…

Axir,men ham halimdil edim,
Qani chechak taqqan yillarim?
Men bag’ritosh aylagan do’stim,
Aytmaguncha buni bilmadim…

Ona, yuring, gullar teramiz,
Ota, siz-la mag’rur yuraman.
Xafa bo’lma, dunyo, bugundan
Toshlaringni yomon ko’raman!

Axir, halim ko’nglim bor edi,
Bag’rim toshga to’ldirding o’zing…


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 21-Aprelda yuklangan

29 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tovush qozon afsus dil so'z halim ko'ngil bag'ir tosh ilinj ko'klam ko'z yosh bosh osmon oyoq tag yurak chechak yil do'st ona gul ota mag'rurlik dunyo
Muallif
Saodat Fayziyeva

Saodat Fayziyeva

Saodat Fayzieva 1992-yil 11-iyulda Buxoro viloyati Olot tumanida tug’ilgan. Qalbida ilmga qiziqish erta uyg'ongan bo'lajak shoira tumandagi fizika-matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan 31-IBMIga o'qishga kiradi. U 2009-yilda ushbu dargohni a'lo baholar bilan tamomlab, O’zbekiston Milliy universitetining o’zbek filologiyasi fakultetida tahsilni davom ettiradi va bu yerda ko'plab ustozlardan adabiyotning nozik sir-u asrorlarini o'rganadi. Uning she'rlarida ayol qalbining eng inja va sohir jihatlari mahorat bilan qalamga olingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Saodat Fayziyeva She'rlari Saodat Fayziyeva asarlari