Sahifa yuklanmoqda . . .


Nima ham berardim men senga, dunyo...

Nima ham berardim men senga, dunyo,
Sening bozorlaring —
Boyvuchcha kelin.
Dunyo bozorlarin odamlari-ho,
Oling, yuragimni sotgani keldim!

Siz — qimmatbahosiz,
Men — arzon, arzon.
Sizga balki faqat yuragim arzir.
Sizdan so‘ramayman haqiga osmon,
Faqat osmon kabi yuksaling, axir!

Siz mening qo‘limga tutasiz xanjar:
— Kes!—deysiz.— Parchala! Tashla qiymalab!
O‘rganib qolgansiz nega, odamlar,
Olmoqqa yurakni mayda-maydalab?

Bozorni to‘ldirib og‘riydi jonim...
Baribir tashakkur,
Baribir rahmat!
Dunyo bozoriga kelgan insonim,
Mening yuragimni ayama faqat.

Yurakni so‘ysalar — topilmas guvoh,
Har kim bu yurakdan
Olar keragin.
Men sizni kechirdim...
Sizda ne gunoh?
O‘zi ulkan bo‘lsa mening yuragim.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 15-Aprelda yuklangan

85 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dunyo bozor boy kelin odam yurak qimmat arzon haq osmon qo'l xanjar og'riq jon tashakkur rahmat inson guvoh kechirim gunoh
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari