Sahifa yuklanmoqda . . .


Nega yapon yuz yil yashar...

Nega yapon yuz yil yashar-u

O’zbek buncha yoshga bormaydi?

Chunki yapon bizdek qorong'u

Sahar turib oshga bormaydi.

Motamida u obro' uchun

Elni chorlab ziyofat qurmas.

Bayramida bel bog’lab uch kun

Shamdek qotib ko’chada turmas.

Garchi bizdan yuz bor farovon,

Garchi bizdan yuz karra to'qdir.

To’y xarjida yuzta boy yapon

Bir kambag’al o’zbekcha yo’qdir.

Bu so’zimni yaponga aytsam

Dedi battar qisib ko’zini:

Yapon bundoq yasholmas hech ham,

Xarakiri[1] qilar o’zini.

____________

1 Xarakiri - yapon samuraylarining or-nomus uchun o’z joniga qasd qilishi.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 15-Fevralda yuklangan

652 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yapon o'zbek yosh qorong'u sahar osh motam obro' el ziyofat bayram bel kun sham ko'cha farovonlik to'qlik to'y xarj boy kambag'al so'z ko'z umr hayot xarakiri samuray or nomus jon qasd hazil
Muallif
Erkin Vohidov

Erkin Vohidov

Hozirgi zamon o’zbek she’riyatining taniqli vakili. Aruz va barmoq vaznlarida yozgan asarlari birdek mashhur. Ijodining asosini lirik turning barcha janrlaridagi she’riyati, dostonlari, dramatik asarlari, I.V.Gyote, S.Yesenin, R.Hamzatov singari jahon adabiyoti namoyandalari she’riyatidan qilgan tarjimalari tashkil etadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Erkin Vohidov She'rlari Erkin Vohidov asarlari