Sahifa yuklanmoqda . . .


Mening dardim

Tuzalmaydi dardim mening,
O`lsam kerak.
Tuproq bilan og`a-ini
Bo`lsam kerak.

O`lim nima? Bu ham bitta
Sayr, Ona.
O`g`ling qaro yerga ketdi,
Xayr ona…

Tuzalmas bu dardim mening,
Umidim yo`q.
Xira shamdek ko`zlarimda
So`nmoqda cho`g`.

Cho`g nimadir? Cho`g` ham tutab,
Kul bo`ladi.
Inson bir kun o`z mayliga 
Qul bo`ladi…

Yuragimni tamom qildim,
Yig`layverib.
Huzurimda ajal turar,
Qoshin kerib.

Men hayotda o`limga tik 
Boqib o`sdim…
Qani menga atalgan joy,
Ketdik, do`stim!


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 23-Aprelda yuklangan

818 marta ko'rildi

5 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
dard o'lim tuproq og'a ini sayr ona o'g'il qaro yer xayr umid sham ko'z cho'g' kul inson kun mayl qul yurak tamom yig'i huzur ajal qosh hayot joy do'st
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari