Sahifa yuklanmoqda . . .


Menga mehr ko'rgaz, mehribonlik qil...

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Sahrolardan keldim, cho'llardan keldim,

Ko'p uzoq, ko'p qadim yo'llardan keldim,

Haydashdi, dilingga dillardan keldim, 

Menga mehr ko'rgaz, mehribonlik qil.

 

Bunchalar berahm, zolim odamlar,

Bunchalar zalvorli, og'ir qadamlar,

Judayam keraksan, jonim, shu damlar,

Menga mehr ko'rgaz, mehribonlik qil.

 

Bu issiq yozlarda sovqotdim juda,

Nahotki hammasi bekor, behuda,

O'zingni uyg'otgil g'aflat uyqudan,

Menga mehr ko'rgaz, mehribonlik qil.

 

O'ttiz yilki, yo'lim tugamadi hech,

Ming o'ldim, bu o'lim tugamadi hech,

Bugun erta, erta bo'lmasidan kech,

Menga mehr ko'rgaz, mehribonlik qil.

 

Ilohiy suralar o'qib kelganman,

Tillodan zanjirlar to'qib kelganman,

Seni deb jannatdan chiqib kelganman,

Menga mehr ko'rgaz, mehribonlik qil.

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 09-Aprelda yuklangan

508 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Guljamol Asqarova o'qidi


Tayanch tushunchalar:
sahro cho'l yo'l dil mehr rahm zolim odam zalvor og'ir qadam kerak jon dam issiq sovuq yoz g'aflat uyqu iloh sura tillo zanjir jannat o'ttiz o'lim bugun erta kech muhabbat sevgi ishq
Muallif
Guljamol Asqarova

Guljamol Asqarova

Guljamol Asqarova 1978-yil 5-mart kuni Samarqand viloyati, Kattaqo’rg’on tumani, Beshdarg’at qishlog’ida tug’ilgan. O’zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, 2001 yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining adabiyot yo’nalishi sohibasi. "Dil fasli", "Ro’shnolik", "Bedor qo’ng’iroq","Baxt dastxati" nomli she’riy kitoblari nashr etilgan.

Batafsil


Yangi She'rlar Guljamol Asqarova She'rlari Guljamol Asqarova asarlari