Sahifa yuklanmoqda . . .


"Mashrabman" radifli g'azal

Sanamning shavqida tinmay yurub ovvora Mashrabman,

Ko‘zi yoshlig , qadi xamlig , dili sadpora Mashrabman.

 

Ko‘ngulda zarracha dunyoni mehri bo‘lmayin menda,

Seni deb ikki olamdin kechib, bezora Mashrabman.

 

O‘lub ketsam, sening darding so‘ngaktin ketmagay aslo,

Lahad ichra fig‘on aylab, o‘zum bechora Mashrabman.

 

Anodin qay kuni tug‘dum, sening ishqingda oh urdum,

Muhabbat dog‘ida o‘rtab, o‘zum sayyora Mashrabman.

 

Muhabbat jomidin may tuttilar, ichmasga choram yo‘q,

Ko‘zumdin qon yoshim tinmay oqar, xunbora Mashrabman.

 

Boshimg‘a ming balo kelsa, tilarmen vaslin, ey zohid,

Boshim kessang to‘yorim yo‘q, degan diydora Mashrabman.

 

Xaloyiqlar meni quvlar, yomon deb, har shahar borsam,

Ajab mardud, ajab mahrum, ajab sangsora Mashrabman.

 

O‘zumni xalq aro rasvoligimni hech kishi bilmas,

Dil-u jonim fido aylab, ajab ayyora Mashrabman.

 

Meni devona Mashrabg‘a muhabbatdin bayon aylang,

Namoz-u ro‘zadin forig' bo‘lib makkora Mashrabman.


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 05-Yanvarda yuklangan

642 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
sanam shavq ovvora mashrab ko'z yosh qad xam dil sadpora ko'ngul zarra dunyo mehr olam bezora dard so'ngak lahad fig'on bechora ano ishq muhabbat dog' sayyora jom may chora qon xunbora bosh balo vasl zohid diydor xaloyiq yomon shahar mardud mahrum
Muallif
Boborahim Mashrab

Boborahim Mashrab

(1653-1711) Boborahim Mullavali o‘g‘li Mashrab mumtoz adiblarimiz orasida o‘zidan keyin alohida va takrorlanmas maktab yaratgan ulug‘ ijodkorlarimizdan biridir. Uning lirik merosi bilan birga «Mabdayi nur» va «Kimyo»asarlari ham yetib kelgan. Mashrab lirikasining mavzu qamrovi juda keng. Unda olam va odamga aloqador bo‘lgan barcha mavzular qamrab olingan deyish mumkin. Ammo ularning barchasi go‘yoki ishq-muhabbat mavzusi atrofiga birlashgandek tuyuladi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Boborahim Mashrab Yakpora g'azallari Boborahim Mashrab asarlari