Sahifa yuklanmoqda . . .


"Maktab" radifli g'azal

Ochinglar, millati vayronni obod etgusi maktab,

O‘qusin yoshlarimiz ko‘nglini shod etgusi maktab.

 

Dil-u jon birla el maktab ocharga ijtihod etsin,

Nedinkim, bizni g‘am qaydidin ozod etgusi maktab.

 

Ko‘ngullarning sururi, dog‘i ko‘zlar nuridur farzand,

Alaming umrini, albatta obod etgusi maktab.

 

Ota birla onaga farz o‘qitmoq bizni majburiy –

Ki bizni yaxshiliq qilmoqqa mu’tod etgusi maktab.

 

Qayu millatga bizdek gar nasimi inqiroz yetsa,

Anga, albatta, mustahkamlik ijod etgusi maktab.

 

Bu ne navmidlikdur, maktab ochsak, oqibat bizni,

Aro‘si kom ila maqsudga domod etgusi maktab.

 

Avaz, himmatni qil oliy ocharg‘a emdi maktabkim,

Baloyi jahl-u nodonlikni barbod etgusi maktab.


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 18-Yanvarda yuklangan

382 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
maktab millat vayronlik obodlik yosh ko'ngil shodlik dil el jon g'am ko'z nur farzand umr ota ona farz yaxshilik mustahkamlik ijod umid kom himmat balo jahl nodonlik
Muallif
Avaz O'tar

Avaz O'tar

(1884-1919) U o’zining xalqchillik, ma’rifatparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan jo’shqin ijodi bilan o’zbek xalqining sevikli shoirlaridan biri darajasiga ko’tarildi. O’zbek mumtoz she’riyati tarixida Muqimiy, Furqat, Zavqiy kabi yetuk zamondoshlari qatoridan o’rin oldi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Avaz O'tar Yakpora g'azallari Avaz O'tar asarlari