Sahifa yuklanmoqda . . .


"Ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi" radifli g'azal

Zamona kufatidin bu ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi,
Bu charxi bemuruvvatdin ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Jarohat bo'ldi bag'rim tig'i bedodi raqiblardin,
Bu ko'tohfahm mardumdin ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Bu gulzori fano ichra mahali bexalal yo'qtur,
Hamesha zaxmi xorodin ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yo'q ogah,
Qabihguftor mardumdin ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Ko'ngul qoni farog'i duydadin bir lahza band o'lmas,
Vujudim iztirib aylab ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Turubdur bag'rim ichra qon misoli g'uncha, naylarman,
Ochilmay gulsifat ushbu ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

So'zimdin xotiring uzra gumone o'zga yetkurma
Ki, izhor aylamay naylay, ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Meni rasvoyi olamdin mabodo e'tiroz etma,
Takallum birla shod ayla, ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Ko'ngulni otashin bejo qilibdur nutqi guftori,
Qayu bog' andalibidin ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Bu so'zni ayladi barpo ajab gustohliq birla,
Maloli xotir o'lg'aymy, ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.

Ajab ash'ori mavzun bog'ladi Vaysiy hasaddinkim,
Umarxon zufununekim, ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 08-Yanvarda yuklangan

959 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
zamon kulfat ko'ngul dog' charx muruvvat jarohat bag'ir gulzor fano mahal zaxm mardum sir ogah qon diyda lahza vujud iztirob g'uncha gul xotir izhor e'tiroz takallum shod otash nutq guftor bog' andalib gustoh malol vaysiy hasad umarxon
Muallif
Jahon Otin Uvaysiy

Jahon Otin Uvaysiy

(1789/90-1850) Uvaysiy Qo'qon adabiy muhitining iste'dodli namoyandasi bo'lib, u Marg‘ilonning Childuxtaron mahallasida dunyoga kelgan. Uni Hojixon degan kishiga turmushga berishadi, biroq u Quyoshxon ismli qizi va Muhammadxon ismli o‘g‘li bilan juda yosh beva qoladi. Qadrdon bo‘lganligi uchun Nodira uni Qo‘qonga ko‘chirib olib keladi. Uvaysiy taxminan 65 yoshlarida Marg‘ilonda vafot etadi. Uvaysiy g‘azal, muxammas, musaddas, musamman, masnaviy, ruboiy, tuyuq, chiston, qit’a, mustazod kabi janrlarda ijod qilgan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Jahon Otin Uvaysiy Yakpora g'azallari Jahon Otin Uvaysiy asarlari