Sahifa yuklanmoqda . . .


Kipriklarim

Yosh qalamkashlarga ataganim

Kipriklarim qo’ng’irmikan yo qora?

Kipriklarim yuztamikin yoki ming?

Kipriklarim muncha aziz va sara,

Ko’zginamning kipriklari...

Quyunlarda qolganimda, changga o’ralganimda,

Ohangaron to’zonidan, zanji qoralganimda,

Yoki yaxshi timsol izlab, changday taralganimda,

Yoki bir she’r armonida, yuz bir ko’ralganimda,

O’zbekiston tonglarini, bedor kutgan ko’zlarim,

Tengsiz tonglar falsafasin, tashna yutgan ko’zlarim.

Ko’zlarimga chegarada shay askarday qo’riqchi,

Ko’zlarimga olis Bobur g’ussasiday yo’riqchi,

Ey, aziz kipriklarim.

Sergaklikda tiriklarning siz-ku eng tiriklari.

Kiprigimday azizlarim, nechog’liq ham suyuksiz.

Armonimday buyuksiz!

1960


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 14-Fevralda yuklangan

237 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
kiprik yuz qalam do'st ko'z quyun chang ohangaron to'zon zanji timsol iz she'r armon o'zbekiston tong falsafa chegara askar qo'riqchi bobur g'ussa yo'riqchi sergaklik tiriklik
Muallif
Mirtemir

Mirtemir

Millat turmush tarzi, dunyoqarashi va orzu-intilishlarining betakror qirralarini o’zga ijodlardan farqli xalqona bir yo’sinda o’zbek badiiyatiga olib kirgan hassos, donishmand shoir. She’riyatida so’zning inja ma’no nozikliklari, qadim va turkiyona mavqelari qad rostlab, shoirning fusunkor, zakiy hikmatlariga xizmat qiladi.

Batafsil


Yangi She'rlar Mirtemir She'rlari Mirtemir asarlari