Sahifa yuklanmoqda . . .


Kimki bir ko‘ngli buzug'ning...

 

Kimki bir ko‘ngli buzug'ning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim, Ka'ba vayron bo‘lsa, obod aylagay.

 

Garchi xalq ozodasimen, yor agar bandarn desa,

Andin ortuq anglakim, bir banda ozod aylagay.

 

Yordin har kimki bir so‘z der, tuganmasdin burun,

Istaramkim, avvalidin yona bunyod aylagay.

 

Yor hijronidin o‘lgumdur, bu nav ermish sazo,

Ul kishigakim, biravga o‘zni mu'tod aylagay.

 

Necha sabr avroqi yozg'ay ko‘nglum-u bir oh ila,

Sarsari ishqing yetib, borini barbod aylagay.

 

Shayxdin zuhdi riyoyi kasb o‘lur, yo Rab, qani,

Dayr pirikim, fano rasmini irshod aylagay.

 

Odam avlodida kamdur odamiyliq shevasi,

Odam ermas, ulki mayli odamizod aylagay.

 

Ne balodurkim, falak har kimga cheksa tig'i kin,

Yongilib avval mening jonimg'a bedod aylagay.

 

Besha ichra devlar maqtuli o‘lsun, ey pari,

Gar Navoiy yona azmi Astrobod aylagay.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 04-Yanvarda yuklangan

999 marta ko'rildi

6 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ko'ngil buzuq xotir shod Ka'ba vayron obod xalq ozoda yor banda so'z istak bunyod hijron o'lum sazo mu'tod sabr avroq oh sarsar ishq barbod shayx zuhd riyo kasb rab dayr pir fano rasm irshod odam avlod kam odamiylik sheva odamizod balo falak tig' kin
Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Parokanda g'azallar Alisher Navoiy Parokanda g'azallari Alisher Navoiy asarlari