Sahifa yuklanmoqda . . .


"Kelmasa-kelmasun netay" radifli g'azal

Yor kelur zamona yo‘q, kelmasa-kelmasun netay,

Sarf etarg‘a xazona yo‘q, kelmasa-kelmasun netay.

 

Maskani ko‘z ichra desam, mardum aro kalon ekan,

Taklif etarg‘a xona yo‘q, kelmasa-kelmasun netay.

 

Eski buzuq xarobada chug’zdek ayladim vatan,

Bir tuzuk oshyona yo‘q, kelmasa-kelmasun netay.

 

Man etarga kelmagin, ko‘p emish istixoralar,

Mundin o‘tar barona yo‘q, kelmasa-kelmasun netay.

 

Ta’ni zamonlar o’qlari ko’ksimizni hadaf qilur,

Kelmagidin nishona yo‘q, kelmasa-kelmasun netay.

 

Jur’ayi jomi vaslidin bermasa-bermasun menga,

Bazmi mayi mug’ona yo‘q, kelmasa-kelmasun netay.

 

Kunduzi partavafkanim bo‘lmasa shami anjuman,

Va’dasi bir shabona yo‘q, kelmasa-kelmasun netay.

 

Jon-u ko‘ngulni(ng) torini soz chekarg‘a shunchakim,

Mutribi xush tarona yo‘q, kelmasa-kelmasun netay.

 

Ko‘zni tikib qudumiga tokay o‘lurman intizor,

Ilmasa ko‘zga kulbani, kelmasa-kelmasun netay.

 

Ishq elini(ng) dodiga solmasa yurt-u el quloq,

Odili bir zamona yo‘q, kelmasa-kelmasun netay.

 

Ul ko‘zi vahshimiz bu yon bo‘lmasa rom ne ajab,

Zavqiyda dom-u dona yo‘q, kelmasa-kelmasun netay.


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 11-Yanvarda yuklangan

488 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yor zamona sarf xazona maskan ko'z mardum kalon taklif xona xaroba chug'z oshyona istixora barona ta'ni zamon o'q ko'ksi hadaf nishon jom vasl bazm may mug'ona kunduz sham anjuman va'da shabona jon ko'ngul tor soz tarona intizor zavqiy
Muallif
Ubaydulla Zavqiy

Ubaydulla Zavqiy

(1853-1921) Ubaydulla Solih o‘g‘li Zavqiy mumtoz she’riyat an’analarini davom ettirgan iste’dodli shoir bo’lish bilan birga, yirik hajvchi shoir sifatida ham e’tirof etiladi. U bir qator asarlarida mustamlaka tuzumidagi ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, chor ma’muriyati himoyasida bo‘lgan ayrim nopok amaldorlarning kirdikorlarini fosh etadi, ijtimoiy hayotdagi ayrim nosozliklar, kishilar faoliyatidagi holatlar ustidan zaharxandalik bilan kuladi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Ubaydulla Zavqiy Yakpora g'azallari Ubaydulla Zavqiy asarlari