Sahifa yuklanmoqda . . .


Jonim, olovlarim so'ndi ko'ksimda...

Jonim, 
olovlarim so‘ndi ko‘ksimda.
Sermavj to‘lqinlarim,
        asov soylarim, 
            yugurik qonlarim
Ilkis oldi tin.
Boshimda to‘plangan bulutlar,
        do‘llar, 
            sovuq yomg‘irlarim 
Ketmadi lekin.

Jonim, yuragimday yondi xazonlar,
Mezon bog‘lariga yashillik qaytdi;
Yalang‘och qo‘llarin qaylarga cho‘zib,
Keksa daraxt menga manzil ko‘rsatdi.

Moviy gumbazlari olis ko‘ringan,
Qirra minoralar ufqlarga yon.
Karvon qadamlarin ko‘ksida tuyib,
Bunda qadim yo‘llar mudraydi shoyon.

Bunda somon yo‘li yulduzlarining
Qaylarga ko‘chadi yorug‘ saflari.
Xuddi tole’ingga va'da berganday
Ko‘hna ehromlarning taqdiri kabi.

Jonim, bolaligim qoldi olisda,
Yashil vodiylarda, moviy tog‘larda.
Kaftingga chizilgan yo‘llarga qarab,
Meni izlab borgin o‘sha yoqlarga.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 18-Aprelda yuklangan

41 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
jon olov ko'ksi mavj to'lqin soy qon tin bosh bulut do'l yomg'ir yurak xazon mezon bog' yashillik qo'l daraxt manzil gumbaz qirra minora ufq karvon qadam yo'l somon yulduz saf va'da ehrom taqdir bolalik vodiy tog'
Muallif
Oygul Asilbek qizi

Oygul Asilbek qizi

O’zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti bakalavr va magistratura bosqichlarida tahsil olgan. “Ostona” va “Shoir xayollari” she’riy to’plamlari muallifi. Somerset Moem, S.A.Tolstaya, O.Genri, R.Agutagava ijodidan qilgan tarjimalari e’lon qilingan.

Batafsil


Yangi She'rlar Oygul Asilbek qizi She'rlari Oygul Asilbek qizi asarlari