Sahifa yuklanmoqda . . .


Iqror

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

O, ota makonim,
Onajon o‘lkam,
O’zbekiston, jonim to‘shay soyangga.
Senday mehribon yo‘q,
Seningdek ko‘rkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga.

Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar, 
Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar. 
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb, 
Tog‘laring ortimdan ergashib yurar.

Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin. 
Yo xudbinman men, yo bir sodda kasman men –
Parijning eng go‘zal restoranlarin
Bitta tandiringga alishmasman men.

Na gapga ko‘nayin,
Na til bilayin,
Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat -
Uch kunda sog‘insam nima qilayin,
Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat.

Bildimki, baridan ulug‘i o‘zing, 
Bildimki, yaqini shu tuproq menga. 
Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing, 
Arab ohusidan azizroq menga.

Sen bilan o‘tgan har kun bayramdir - bazm, 
Sensiz bir on qolsam, vahmim keladi. 
Seni bilganlarga qilaman ta’zim, 
Seni bilmaslarga rahmim keladi.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 22-Aprelda yuklangan

3041 marta ko'rildi

19 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Muhammad Yusuf o'qidi


Tayanch tushunchalar:
iqror ota ona makon o'lka o'zbekiston soya jon mehr rim beda poya go'sha suv qir yurt taqdir bosh tog' suluv farang parij restoran go'zal tandir gap til ko'z uyqu dil xalovat kun sayohat tuproq ta'zim rahm
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari