Sahifa yuklanmoqda . . .


Hayot qo'shig'i

Bog‘ qo‘ynida ikki daraxt —
Bir-biriga intizor.
Sen — bir daraxt,
Men — bir daraxt,
Kuyib-kuyib o‘tdik, yor.
Ammo bahor kelganida
Ochilish kerak ekan.
Gul-u meva, xazon bo‘lib,
Sochilish kerak ekan.
Shamollarga dilim yordim,
Gul-yaproqlar tilida.
Yel kaftida olib kelgan
Har shiviring dilimda.
Ammo bahor kelganida
Ochilish kerak ekan.
Gul-u meva, xazon to‘kib,
Sochilish kerak ekan.
Yerga bog‘lab qo‘yilganman,
Ildizim er ostida.
Kechalari shovullayman,
Boqib bo‘yi bastingga.
Ammo, yashash kerak ekan,
Ochilmoq kerak ekan.
Gul-u meva, xazon to‘kib,
Sochilmoq kerak ekan.
Bog qo‘ynida ikki daraxt —
Bir-biriga intizor.
Sen — bir daraxt,
Men — bir daraxt,
Kuyib-kuyib o‘tdik, yor!


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 12-Aprelda yuklangan

136 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
hayot qo'shiq bog' qo'yni daraxt yor bahor gul meva xazon yaproq shivir dil shamol yel kaft yer ildiz kecha bo'y bast
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari