Sahifa yuklanmoqda . . .


G'urbatda g'arib shodmon bo‘lmas emish...

G'urbatda g'arib shodmon bo‘lmas emish,

El anga shafiq-u mehribon bo‘lmas emish.

Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,

Bulbulg'a tikondek oshiyon bo‘lmas emish.


Online dars - zoom, google meet orqali


Islomjon
22/04/2017
Ma'lumot
2017, 02-Yanvarda yuklangan

10940 marta ko'rildi

13 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
g'urbat g'arib shodmon el shafiq mehribon oltin qafas qizil gul bulbul tikan oshiyon
Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Xos ruboiylar Alisher Navoiy Xos ruboiylari Alisher Navoiy asarlari