Sahifa yuklanmoqda . . .


Go’zal hislarimiz etdilar barbod...

Go’zal hislarimiz etdilar barbod
Ag’yorning ozori, do’st ag’yorligi…
Ammo men uchun baxt,
Men uchun hayot
Bu dunyoda sening sevging borligi…
Telefon qizg’onar ovozingni ham,
Ko’zingga yetmayman, dil nochorligi.
So’ngsiz iztirobdir,
So’ngsiz azob — g’am
Bu dunyoda sening sevging borligi…
Ismingni o’paman…. Kimga g’alati
Baxtsiz tunlarimning baxtiyorligi.
Xudoning ko’nglimga bergan ne’mati —
Bu dunyoda sening sevging borligi…
Balkim unutgansan?.. Balkim baribir
Ko’yingda parishon umrim xorligi.
Ehtimol, bilmassan?..
Ruhimdagi nur —
Bu dunyoda sening sevging borligi…
Balkim kimlargadir keladi malol
G’arib ikki dilning intizorligi…
…Ammo men uchun tush,
Men uchun xayol
Bu dunyoda sening sevging borligi.


Online dars - zoom, google meet orqali


Yangi She'rlar Zebo Mirzo She'rlari Zebo Mirzo asarlari